Oltin bitiglar – Golden Scripts http://goldenscripts.navoiy-uni.uz/index.php/goldenscripts
“Oltin bitiglar – Golden Scripts” Journal of Oriental literature and culture, social and spiritual life, linguistics and exact sciences, important manuscript on theology and theology sources, scientific, dedicated to samples of folklore intended for the publication of research results.

The journal is published four times a year. The purpose of the journal is to publish the results of the latest research that are rich in new and has its own concept, which stimulates debate on topical issues in these areas. The language of articles can be English, Russian and Uzbek. Other Turkic languages are also welcome. In addition to research articles, the journal announces book and literary work reviews, conference reports and research project results.
en-US Oltin bitiglar – Golden Scripts 2181-9238 “Lison ut-tayr” dostoni kompozitsiyasi va obrazlari uyg‘unligi http://goldenscripts.navoiy-uni.uz/index.php/goldenscripts/article/view/121
Mazkur maqolada Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” asari tasvvufiy nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Maqola oldiga qo‘yilgan ilmiy muammoning yechimida, avvalo, Alisher Navoiyning tasavvuf va uning naqshbandiya ta’limotidagi o‘ziga xos qarashlariga ahamiyat berilgan. Asar kompozitsiyasining o‘ziga xosligiga diqqat qaratilib, undagi har bir bo‘lim, har bir detal Alisher Navoiyning, eng avvalo, islomiy, so‘ngra tasavvufiy dunyoqarashini o‘zida aks etgani tahlillar orqali asoslangan. Dostonning kirish qismidagi islom tarixida mashhur bo‘lgan tarixiy shaxslar haqidagi hikoyatlar asarning tasavvufiy mohiyatini to‘g‘ri anglash va obrazlar badiiyatini yoritishdagi ahamiyati ta’kidlangan. Asarning 95-bobida tasvirdangan Abu Turob Naxshabiy va uning muridi haqidagi hikoyat ham tahlil qilinib, unda so‘fiylikning axloqiy-ta’limiy mavzulari qalamga olingani haqida xulosa chiqarilgan. Mavzuni yoritishda Alisher Navoiy asarlaridan tashqari tasavvufiy mavzuda ijod qilgan shoirlar, islom tarixi, tasavvufga doir klassik va zamonaviy mualliflar fikrlari asos qilib olindi.
Alisher Razzoqov Copyright (c) 2023 Oltin bitiglar – Golden Scripts 2023-10-07 2023-10-07 2 2 Mutrib asarlari ilmiy-tanqidiy matnini yaratish tamoyillari http://goldenscripts.navoiy-uni.uz/index.php/goldenscripts/article/view/119
Ushbu maqolada Xorazm adabiy muhiti shoiri Muhammad Hasan Mutrib Hoji Tabib o‘g‘lining (1853–1923) adabiy merosi matnshunoslikning nazariy-amaliy muammolari asosida o‘rganilgan. Mutrib Xonaxarobning shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondidagi 903/IV, 906/VII, 2679/II inventar raqami ostida saqlanayotgan devon qo‘lyozmalari, shoir yashagan davrda tuzilgan bayoz, tazkira hamda majmualardagi she’rlari haqida ma’lumot berilgan.
Shoir she’rlarining ilmiy-tanqidiy matnini yaratishda bir qancha tamoyillar ishlab chiqilgan. Bular, asosan, Y. Bertels, D.S.Lixachev, H. Sulaymonov, P. Shamsiyev kabi matnshunos olimlarimizning ilmiy mulohazalari asosida yoritilgan.
Mutribning devon qo‘lyozmalari, yuzdan ortiq bayozdagi she’rlari asosida tayanch va yordamchi manbalar aniqlab olingan. Shoir she’rlari ilmiy-tanqidiy matnini yaratishda “Devonning ilmiy-tanqidiy matnini tuzish uchun devon qo‘lyozmalarini lotin alifbosining dastlabki uch harfi – A, B, D bilan belgilash”, “Shoir she’rlari sarlavhalarini muvofiqlashtirish tamoyili”, “Devondagi she’rlarning alifbo tartibida joylashuvini qayta ko‘rib chiqish tamoyili”, Qo‘lyozma majmualar va bayozlardagi she’rlarni tayanch manba uchun tiklashda shartli belgilarni qo‘yish tamoyili” kabi sakkizta tamoyil ishlab chiqilgan.
Sohiba Madirimova Copyright (c) 2023 Oltin bitiglar – Golden Scripts 2023-10-07 2023-10-07 2 2 Ilmiy-tanqidiy matn mashaqqati http://goldenscripts.navoiy-uni.uz/index.php/goldenscripts/article/view/117
Badiiy matnni tahlil qilishda asliyatga yaqin, mukammal ilmiy-tanqidiy matnlar asosida tayyorlangan asar matni bilan ishlash talab etiladi. Shunga ko‘ra matnshunoslik fani oldida har bir adabiy merosning mukammal nashrini yaratish vazifasi turadi. Ilmiy-tanqidiy matn tayyorlashda barcha manbalar uchun umumiy qonuniyatlar bilan bir qatorda har bitta manbani o‘rganish jarayonida yuzaga chiqadigan alohida xususiyatlar ham mavjud. Umumiy xususiyatlari ko‘p nusxali matnlarni qiyoslash, saralangan nusxalarni guruhlash va asos nusxani tanlash bilan belgilansa, alohida xususiyatlari o‘rganayotgan manba yo‘nalishidan kelib chiqib, ilmiy apparatini shakllantirishdir.
Maqolada So‘fi Olloyorning “Sabot ul-ojizin” asari ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash jarayonida kechgan matn tadqiqi bilan bog‘liq kuzatishlar haqida ma’lumot beriladi.
Rashid Zohid Copyright (c) 2023 Oltin bitiglar – Golden Scripts 2023-10-07 2023-10-07 2 2 Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘ati-tturk” asarining o‘zbekcha o‘girmalaridagi ayrim yanglish ochiqlamalar to‘g‘risida http://goldenscripts.navoiy-uni.uz/index.php/goldenscripts/article/view/122
Maqolada XI yuzyillikda yashagan Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘ati-t-turk” (Turkiy so‘zlar devoni) asarida tilga olingan bir necha eski turkcha so‘zlarning qanday o‘qilishiga to‘xtalib o‘tiladi. “Devon” shu choqqacha turk, o‘zbek, ingliz, qozoq, rus, uyg‘ur, fors, qirg‘iz tillariga o‘girilgan bo‘lib, ularning sezilarli bir bo‘lagida ayrim so‘zlar to‘g‘ri o‘qilmagani yoki noto‘g‘ri ochiqlamalar berilgani ko‘zga tashlanadi. Bu holat, ayniqsa, “Devon”ning o‘zbekcha, qozoqcha va uyg‘urcha o‘girmalarida birmuncha ko‘proq uchraydi. Bunday yanglish ochiqlamalarning negizida esa “Devon”ning qo‘lyozmasida ayrim so‘zlarda nuqta tushishi yoki o‘rin almashinuvi yotadi. Shuningdek, ayrim izlanuvchilar biror so‘zni ochiqlar ekan, asarning qo‘lyozmasiga emas, o‘zlaridan oldingi o‘girmalarga tayanishgani, bu esa ayrim chalkashliklar keltirib chiqargani anglashiladi.
G‘aybulla Boboyorov Copyright (c) 2023 Oltin bitiglar – Golden Scripts 2023-10-07 2023-10-07 2 2 Qofiya harflarining nazariy asoslari tadqiqi http://goldenscripts.navoiy-uni.uz/index.php/goldenscripts/article/view/120
Mumtoz qofiya ilmi alohida mustaqil ilm sifatida poetikaning tarkibiy qismi sifatida risolalar tarkibida alohida tadqiq etilgan. Poetikaga oid risolalarning barchasida adabiy tur va janrlar, badiiy san’atlar, aruz vazni kabi ilmlar qatorida qofiya ilmi nazariyasi alohida qismlar ostida taqdim qilingan. Mumtoz adabiyotda qofiyaning bir necha turlari o‘rganilgan. Ta’kidlash kerakki, qofiyaning turli jihatlariga ko‘ra bu turlarining mukammal tarzda qo‘llanishi baytlar takomilini belgilab bergan. Bu qofiya turlarining aksariyati qofiya harflari ishtiroki bilan bog‘liq. Maqolada poetikaga oid risolalarda keltirilgan qofiya harflarining nazariy asoslari qiyosiy tarzda o‘rganiladi.
Orzigul Hamroyeva Copyright (c) 2023 Oltin bitiglar – Golden Scripts 2023-10-07 2023-10-07 2 2 Tabibiy debochalari http://goldenscripts.navoiy-uni.uz/index.php/goldenscripts/article/view/118
Odatda, devonlarning kirish qismida muallif tomonidan, ba’zan boshqalar tomonidan maxsus yoziladigan so‘zboshi (muqaddima)lar – debochalar yozilgan. Bunda devon yoki muayyan majmuani tuzilishiga sabab bo‘lgan omillar, to‘plamning tuzilishi yoki tarkibiga oid ma’lumotlar, muallifning uzrxohligi va duoyu iltimosi o‘z aksini topadi. Tabibiy ham “Munisu-l-ushshoq” devonida ana shunday mazmunda debocha yozgan. Ushbu debocha matni shu paytgacha to‘liq tabdil etilmagan. Umuman, debochalar shoir adabiy-estetik olamini aniqlashda muhim hisoblanadi.
Tabibiyning “Munisu-l-ushshoq” devoni hajman yirik bo‘lib, unga mumtoz adabiyotimizning g‘azal, mustazod, murabba’, muxammas, musaddas, musabba’, musamman, mutassa’, muashshar, masnaviysoqiynoma, ruboiy, qasida, shiru shakar, varsoqi kabi she'r namunalari kiritilgan.
Ushbu maqolada Tabibiyning devonlari uchun yozgan debochasi matni haqida mulohazalar bildirilgan va debocha matnining to‘liq tabdili keltirilgan.
Shermuhammad Amonov Copyright (c) 2023 Oltin bitiglar – Golden Scripts 2023-10-07 2023-10-07 2 2