Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon” risolasi uchun asos bo‘lgan nazariy manbalarning komparativistik tahlili
DOI 10.52773/tsuull.gold.2019.3/ZJZO6380
Keywords:
aruz, juzv, rukn, sabab, vatad, fosilaAbstract
Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon” asari uchun 
asos sifati xizmat qilgan nazariy manbalar qiyosiylab o‘rganilgan tahlil 
qilingan. Alisher Navoiyning ushbu asari mumtoz adabiyotning asosiy she’riy 
tizimi bo‘lgan aruz nazariyasiga bag‘ishlangan. Mutafakkir olim risolaning 
muqaddimasida o‘zidan avval yaratilgan aruz ilmiga doir forsiy manbalar: 
Shams Qays Roziyning “Al-mo‘jam”, Nasiriddin Tusiyning “Me’yor ul-ash’or”, 
Abdurahmon Jomiyning “Risolayi aruz” asarlariga to‘xtab o‘tadi va o‘z asarini 
yaratishdan avval ularni mutoala qilganini aytadi. Maqola muallifi Alisher 
Navoiyning aruz ilmidagi izdoshligi va kashshofligini o‘rganish uchun bevosita 
“Mezon ul-avzon”ni ushbu forsiy tilda yaratilgan manbalar bilan qiyosiy 
jihatdan o‘rganishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Maqolada bunday 
yo‘nalishdagi tahlil aruzga doir asosiy birliklar: juzv, asl rukn, zihof, bahr va 
doiralar misolida amalga oshirilgan. 
 
						 
							