Muqimiy lirik asarlarining matniy-qiyosiy tahlili
DOI 10.52773/tsuull.gold.2019.1/HBNE4059
Keywords:
satira, nashr, shoir, misra, Turkiston, bayt, adabiy muhitAbstract
Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy asarlarining nashrlari matnini 
shoirning dastxat bayozlari bilan qiyoslaganda aksariyat she’riy asarlar matni 
asliyatga muvofiq emasligi ma’lum bo‘ldi. Chunki sho‘ro davri mafkurasi 
talabidan kelib chiqib, shoirning diniy-tasavvufiy mavzudagi she’rlari tahrirga 
uchradi, qisqartirildi. Hajviy asarlar matnidagi kuchli ijtimoiy – tanqidiy 
bayt va bandlar ham tushirib qoldirildi. Natijada, tahrir qilingan asarlar oʻz 
mazmun – mohiyatiga zid talqin qilindi. Shuningdek, maqolada shoirning 
ilmiy jamoatchilikka ma’lum bo‘lmagan forsiy tildagi bitta maktubi, hamda 
Amiriy g‘azaliga va o‘z g‘azaliga taxmis qilingan ikki muxammasi ilk marta 
e’lon qilinmoqda. Muqimiyning yangi topilgan asarlari shoir dunyoqarashini, 
ijtimoiy voqelikka munosabatini, adabiy-estetik olamini o‘rganishda muhim 
ahamiyatga ega.
 
						 
							