Turkiy tilning proto-turk davri: xun va oʻgʻur-bulgʻor tarmoqlari
DOI 10.52773/tsuull.gold.2019.3/DGZT3518
Keywords:
Oʻrxun-Enasoy bitiktoshlari, Qadimgi turkiy til, umumturkiy til, xunAbstract
Bugungi kunda turkiy tillar oʻgʻuz, qarluq va qipchoq kabi 3 ta yirik 
va oz sonli xalach, Janubiy Sibir, chuvash va yoqut (saxa) lahjalariga boʻlinadi. 
Ushbu lahjalarning deyarli barchasi yoki koʻpchiligi qadimgi turk tili – 
“Oʻrxun-Enasoy bitiktoshlari tili”ning, ya’ni koʻpchilik tilshunoslar ta’biri bilan 
aytganda “Umumturkiy til”ning toʻgʻridan-toʻgʻri izdoshlari boʻlsa, ayrimlari 
esa bu tillardan butunlay ajralib turadi. Ayniqsa, bu bugungi chuvash va 
oʻrta asrlardagi Volga bulgʻorlari tilida koʻproq koʻzga tashlanib, ular uchun 
tilshunoslikda koʻpincha “proto-turk tilining izdoshlari” yoki “xun tilining bir 
tarmogʻi” kabi atamalar qoʻllaniladi. Ushbu maqolada “proto-turk” yoki “xun 
tili” atamalari negizida aynan qanday tushunchalar yotadi”, “oltoyshunoslar 
va turkologlar qanday dalillarga tayanib bunday toʻxtamlarga kelishgan” kabi 
savollarga javob berishga urinib koʻramiz.
 
						 
							