Turkiy yozma yodgorliklar tilidagi so‘zlarning o‘zbek shevalarida qo‘llanishi
DOI 10.52773/tsuull.gold.2019.3/EAQU4719
Keywords:
lug‘at, etimologiya, turkiy yodgorliklar, til tarixi, adabiy til, shevalar, dialektologiyaAbstract
Ushbu maqolada o‘zbek shevashunosligi sohasida olib borilgan 
tadqiqot ishlari, erishilgan ilmiy yutuqlar, sheva leksikasiga oid chop etilgan 
lug‘atlar qayd etildi. O‘zbek xalq shevalari bo‘yicha o‘z vaqtida muayyan 
tadqiqot ishlari bajarilgan va materiallar to‘plangan bo‘lsa-da, maqolada 
ularning ba’zilari hamon yetarli darajada o‘rganilmagan, ayrimlari esa hali 
tadqiq etilmagan. 
Taqdim etilayotgan mazkur ishda Navoiy viloyatining Xatirchi, Nurota 
tumanlari, shuningdek, Samarqand viloyatining g‘arbiy tumanlari: Qo‘shrabot, 
Narpay, Ishtixon shevalaridagi o‘zbek adabiy tilida uchramaydigan ayrim 
so‘z va atamalar to‘g‘risida bahs yuritildi. Ularning etimologiyasi, tarixi, 
eski turkiy yodgorliklarda, hozirgi o‘zbek shevalari va o‘zbek adabiy tilida, 
shuningdek, qardosh tillarda mavjudligi masalalariga e’tibor qaratildi. 
Xususan,«to‘rkunlamoq», «tevana», «min», «to‘ramoq» so‘zlari ma‘nosiga izoh 
berildi, etimologiyasi tekshirildi. Bu so‘zlar Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u 
bilig”, Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit-turk», Muhammad Solihning 
«Shayboniynoma», o‘zbek mumtoz adabiyoti asarlaridagi, shuningdek, 
bugungi uyg‘ur, qirg‘iz va boshqa turkiy tillar dialektlaridagi shakllari bilan 
qiyoslab tahlil qilindi. 
 
						 
							