Rahmonxo‘ja Inomxo‘jayevning “Afg‘oniston dariyzabon adabiyoti” monografiyasiga taqriz
Keywords:
Afg‘oniston dariyzabon, O‘zbekiston va Afg‘oniston, Filologiya, Rahmonxo‘ja Inomxo‘jayevAbstract
Barcha sohalarda bo‘lgani kabi adabiyotning ham rivojiga 
tarixiy vaziyat va ijtimoiy–siyosiy muhit jiddiy ta’sir o‘tkazishi haqiqat. 
Istalgan bir millat adabiyoti tarixiga nazar tashlasak, turli davrlarda 
turli tarixiy vaziyatlar tufayli milliy adabiyotning taraqqiyoti turlicha 
kechganiga guvoh bo‘lamiz. Afg‘oniston dariyzabon adabiyoti ham 
millat tarixi bilan hamnafas yashab kelayotgan adabiyotlardan 
biridir. 
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar rivojida so‘nggi ikki yil o‘ziga xos ahamiyat kasb etdi. 
2017-yilda Afg‘oniston prezidentining mamlakatimizga besh bor 
tashrif buyurgani bu ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarda yangi 
sahifa ochilganidan dalolat. Bu hol, o‘z navbatida, ziyoliylar oldiga 
afg‘on madaniyati, san’ati, tili va adabiyotini o‘rganish, ilmiy tadqiq 
etishda yangi vazifalar qo‘ymoqda. Filologiya fanlari doktori, 
 
						 
							