Urxun alifbosining tuzilishi
DOI 10.52773/tsuull.gold.2019.4/MJOA8301
Keywords:
ideogramma, turkiy til, Urxun alifbosi, yozuv, turk xoqonligi, tovushAbstract
Turkiy tillar boy va qadim tarixga ega. Boshqa tillar kabi ular ham 
asrlar davomida rivojlandi, boyib bordi. Mazkur maqolada turkiy tillar tarixi, 
xususan, turkiy tillar taraqqiyotida muhim hodisa sanalgan Urxun alifbosi 
xususida so’z boradi. Muallif masalaning bir necha dolzarb va bahsli jihatlariga 
e’tibor qaratib, ularga o’z munosabatini bildiradi. Runik alifbodagi belgilar 
miqdori va bu belgilarning asosi, runik alifboning yaratilish bosqichlari, unli 
va undoshlar ifodasi, ayrim undoshlarning ikki xil runa bilan ifodalanishi, 
ikki harfni ifodalovchi harflar (ligaturalar) va diftonglar kabi masalalar 
shular jumlasidandir.
Muallif fikricha, Urxun alifbosi fors mixxatlaridan namuna olib 
tuzilgan, shu bois ushbu alifbo bir qancha murakkabliklarga ega. Ammo 
alifbo va undagi murakkabliklar birdaniga yuzaga kelgan emas. Urxun 
alifbosi oxirgi holga kelguncha yetti bosqichni bosib o’tgan va vaqt o’tgan 
sari takomillashib borgan. Shuningdek, maqolada Urxun harflarining 
qadimgi turkiy tillardagi unlilarga xos uzun-qisqalikni ifodalay olmasligi 
alifboning kamchiligi sifatida ko’rsatiladi. Maqola so’ngida S. E. Malov, G’. 
Abdurahmonov va A. Rustamov, A. M. Shcherbak, E. Umarovlar tomonidan 
tuzilgan (o’qilgan) Urxun alifbolari taqqoslash uchun berilgan.
 
						 
							