Sharh ilmi ildizlari
DOI 10.52773/tsuull.gold.2019.4/OKWQ9026
Keywords:
barqaror qonuniyat, sharh ilmi, mezon, germenevtika, davr, ilmiy tamoyilAbstract
Maqolaning avvalida sharh ilmining vujudga kelish sabablari va bu 
ilmning rivojlanish bosqichlarini aniqlashda asos vazifasini o‘tagan ilmiy mezon 
taqdim etilgan. Bunda ijtimoiy-gumanitar, tabiiy, aniq yoki boshqa har bir fan 
sohasi o‘zining mavjudligini insoniyat tamadduni tarixiga konkret munosabati 
bilan namoyon qilishi va mana shu konkret munosabatning aniqlik chegarasi 
qay darajada bo‘lishi muhimligi ta’kidlangan. Shu ilmiy mezonga ko‘ra sharh 
ilmining vujudga kelishi, shakllanishi, mustaqil ilm sifatida barqarorlashuv 
hodisalari Islomdan keyingi davr bazasida tadqiq etilgan. Sharh ilmining 
tarmoqlanishi va barcha turdagi sharhlar uchun umumiy, tarmoqlararo 
barqaror qonuniyatlar mavjud ekanligi tasnifiy dalillar bilan asoslangan. 
Sharh ilmining tekshirish usullari, ilmiy tamoyillari nafaqat zamonaviy 
adabiyotshunosligimiz uchun, balki germenevtika ta’limotining asoschilari 
bo‘lgan G‘arb olimlarining ilmiy-adabiy mezonlari uchun ham zamin vazifasini 
o‘tagan degan qarash ilgari surilgan. G‘arb olimlarining germenevtika haqidagi 
qarashlari va Sharq adabiyotiga xos bo‘lgan tushunish va tushuntirish ilmining 
farqli va mushtarak xususiyatlari qiyoslangan. Mumtoz asarlarni tushunish 
yo‘lidagi talqinlarning mumtoz asar ma’no qatlamini ochishdagi vazifasi 
dalillangan. 
 
						 
							