Junglarning genezisi va regional xususiyatlari: adabiy to‘plamdan fatvolar majmuyiga qadar

Authors

  • Saidakbar Muhammadaminov tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti.

Keywords:

Jung to‘plamlari, katalog, fiqh, fatvo, rivoyat hujjat namunasi, ma’mulot, qo‘llanma, Turkiya, Eron, Markaziy Osiyo,Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklari.

Abstract

Mazkur maqolada islom qo‘lyozma merosida keng tarqalgan jung
to‘plamlari tadqiq etilgan. Ushbu atamaning lug‘aviy va istilohiy ma’nolarini
yoritish maqsadida o‘rta asrlardan to hozirgi kungacha yaratilgan lug‘atlar
tahlil qilingan. Bu turkumga mansub qo‘lyozma to‘plamlarning geografik
tarqalishi hamda o‘ziga xos xususiyatlari dunyo qo‘lyozma fondlaridagi
kataloglar yordamida o‘rganilib, ularning, asosan, O‘rta Sharq va Kichik
Osiyo hududlarida keng yoyilgani aniqlangan. Jumladan, Eron fondlarida
saqlanayotgan junglarning repertuari ko‘proq forsiy va arab tillaridagi,
nisbatan kamroq qismi esa turkiy va urdu tillaridagi matnlardan tashkil
topgan bo‘lib, ularda, asosan, adabiy mazmundagi asarlar jamlangan.
Shuningdek, diniy mavzularga bag‘ishlangan kamsonli qo‘lyozma jung
to‘plamlar ham uchraydi. Turkiya fondlaridagi junglar repertuarining
asosiy qismini, ba’zi bir istisnolarni hisobga olmaganda, nazmiy va she’riy
ijod namunalari tashkil etadi. Maqolaning asosiy qismi Markaziy Osiyo
qo‘lyozma jo‘ng to‘plamlariga bag‘ishlangan va ularning tarkibi butunlay
fiqhiy mavzulardagi fatvolar hamda rivoyat hujjatlaridan iborat ekani
ko‘rsatilgan. Mazkur junglar, odatda, qozilar va muftiylar tomonidan
tuzilgan. Jung majmualarini shakllantirishdagi asosiy mezonlardan biri
– ularga amalda bo‘lgan shar’iy hukmlar – masoyili ma’mulani kiritish
bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik
instituti fondida saqlanayotgan bu turkumdagi qo‘lyozmalar Buxoro, Xiva
va Qo‘qon xonliklariga oid bo‘lib, maqolada ularning o‘ziga xos jihatlari
tahlil etilgan.

Author Biography

Saidakbar Muhammadaminov, tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti.

tarix fanlari nomzodi, katta
ilmiy xodim, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy
nomidagi Sharqshunoslik instituti.

Downloads

Published

2026-07-15