Avaz O‘tar qo‘lyozma devonlari tavsifi
Keywords:
Avaz O‘tar, devon, qo‘lyozma, gʻazal, mustazod, taxmis, musamman, tarji’band, soqiynoma, qit’a, qasidaAbstract
Maqolada 1884–1919-yillarda yashab ijod etgan xorazmlik
ma’rifatparvar shoir – Avaz O‘tarning 3451, 7102 hamda 942 raqamli
qo‘lyozma devonlari izchil tadqiq etilgan. Avaz O‘tar qo‘lyozma devonlari
ilmiy tavsifi xronologik tartibda o‘rganilib, undagi g‘azal, mustazod,
muxammas, murabba’, musaddas, musamman, tarji’band, “Tarji’bandi
xomisa”, soqiynoma, ruboiy, qasida va qit’a janrlari haqida to‘liq ma’lumot
berilgan.
Avaz O‘tar hayoti va ijodi yuzasidan amalga oshirilgan ko‘plab
tadqiqotlar shoir she’rlari badiiyati, an’anaviylik kabi masalalrni qamrab
oladi. Biroq shu kungacha shoir adabiy merosi – she’rlarining mavzu
ko‘lamiga birlamchi manbalar asosida aniqlik kiritilmagan.
Maqolada shoir qo‘lyozma devonlari ilk bor matnshunoslik va
manbashunoslik aspektida oʻrganilgan. Avaz O'tar devonlarning tarkibiy
tuzilishi, hajmi, yozuv xususiyatlari, kotibi, muqova – tashqi tuzilishiga oid
ma’lumotlar taqdim etilgan. Bundan tashqari, G‘. Karimov va N. Qobulov
kabi olimlarning Avaz O‘tar adabiy merosi ko‘lami, mavzu doirasi haqidagi
fikrlariga qo‘lyozma devonlardagi she’rlar asosida aniqlik kiritilgan