Ojiz devoni qoʻlyozmalari tavsifi

Authors

  • Gulzira G‘iyosiddinova tadqiqotchi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

Keywords:

gʻazal, taxmis, qasida, mustazod, mulamma’, tazmin

Abstract

Ushbu maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida yashab ijod
etgan shoir Xudoybergan oxund – Ojiz hayoti va ijodiga doir ma’lumotlar
berilgan. Bunda, asosan, shoir devoni qo‘lyozmalari izchil tadqiq etilgan.
Ojizning O‘zR FASHI asosiy fondida saqlanayotgan 906/IV, 908/I, 6700
raqamli devon qo‘lyozmalari o‘rganildi. Shoir devoni qo‘lyozmalaridagi
g‘azal, muxammas, musaddas, mustazod, musabba’ va qasidalari haqida
ma’lumotlar berildi.
Ojiz devoni qo‘lyozmalari ilk bor matnshunoslik va manbashunoslik
aspektida oʻrganilib, qoʻlyozmalar tarkibi, hajmi, yozuv xususiyatlari, kotibi,
shu bilan birgalikda, muqova, tashqi tuzilishi haqida ma’lumotlar berildi.
Bundan tashqari, Ojiz devonining tarkibiy tuzilishi, she’rlarning mavzu
koʻlami singari masalalar yoritildi. Shoirning tab'i xud hamda taxmislari,
mulamma’ g‘azallari va boshqa janrlari ilmiy jihatdan o‘rganildi.

Author Biography

Gulzira G‘iyosiddinova, tadqiqotchi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

tadqiqotchi, Alisher Navoiy nomidagi
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

Downloads

Published

2026-07-15