Oltinko‘l bitiktoshlari: eski turkcha so‘zlarning o‘zbek tilida saqlanish holati
Keywords:
eski turkcha, o‘zbekcha, O‘rxun, Enasoy, bitiktosh, Oltinko‘l.Abstract
Bugungi kundagi 30dan ortiq turkiy tillar orasida eng ko‘p
tarqalgan tillardan biri o‘laroq o‘zbek tili eski turkcha – O‘rxun-Enasoy
bitiklari tilining meroschilaridan biri sanaladi. O‘zbekcha bir tomondan
eng eski turkcha yozma tilning izdoshi bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa
turkiy tillarning 3ta yirik tarmog‘i – qarluq, qipchoq, o‘g‘uzchani o‘zida
birlashtirgan til o‘laroq bilinadi. Bundan deyarli bir yarim ming yillar oldin
yozilgan eski turkcha bitiktoshlarda uchraydigan so‘zlarning ko‘pchiligi
bugungi kunda ham o‘zbekchada saqlanib qolgani kuzatilishi o‘z-o‘zidan
bo‘lmay, bu holat o‘zbek tilining yuqorida aytib o‘tilgan o‘ziga xosliklari
bilan bog‘liqdir. Buni Enasoy (Yenisey) daryosi qirg‘oqlaridan topilayotgan
bitiktoshlar tilida uchraydigan so‘zlarning ko‘pchiligi o‘zbekchada saqlanib
qolgani ham ko‘rsatib turibdi.