Chig‘аtоy tiligа оid аyrim mulohazalar
Keywords:
chig‘atoy tili, chig‘atoy adabiyoti, Temuriylar davri, Alisher Navoiy, Abdurauf Fitrat, Rui Gоnsаlеs dе Klаviхо, Ismoil Gaspirali, Qаyum Nоsiriy, Hеrmаn Vаmbеri, Yanush Ekmаn, Zаki Vаlidiy To‘g‘оn.Abstract
“Chig‘atoy tili” tushunchasi bugungi o‘zbek tilshunosligidagi “eski
o‘zbek tili”ga muvofiq keladi. Chig‘atoy tiliga xos xususiyatlarini tahlil
qilishga bag‘ishlangan ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlari bajarilgan. Bugungi
kunda xorijiy ilmiy doiralarda, xorijda bo‘lib o‘tayotgan konferensiya,
simpozium, seminar va boshqa anjumanlarda – tadqiqotlarda bu masalaga
ko‘p e’tibor qaratiladi, eski o‘zbek tili degan ifoda deyarli qo‘llanilmaydi.
Aksariyat hollarda chig‘atoy tili iborasining qo‘llanishiga guvoh bo‘lamiz.
Xorijdagi “chig‘atoy tili”, “chig‘atoy adabiyoti” nomi bilan bog‘liq
masalalar o‘rganilayotgan ilmiy ishlarda ushbu til va adabiyotning muhim
xususiyatlari imkon doirasida xolis tadqiq etilganligini, to‘g‘ri xulosalar
chiqarilganligini kuzatish mumkin.
Mazkur maqolada “chig‘atoy tili”, “chig‘atoy adabiyoti” bo‘yicha
o‘zbek va xorijlik olimlarniiing ayrim fikr-mulohazalari ilk bora tahlil
qilingan.