Oʻzbek mumtoz adabiyotida harora gʻazallar
DOI 10.52773/tsuull.gold.2019.4/XGAV4830
Keywords:
ishq, g‘azal, harora, ramz, tasavvuf, qofiya, radif, ritmAbstract
Mazkur maqola Sharq mumtoz adabiyotida g‘azal janrining o‘rni, 
tarixiy taraqqiyoti, turlari haqida qisqa ma’lumot berish bilan boshlanadi. 
G‘azal janri tarixida muhim o‘ringa ega bo‘lgan Uvaysiyning bu boradagi 
o‘ziga xos mahorat qirralari tahlil etiladi. Shoira she’riyatidagi harora g‘azallar 
haqida fikr yuritiladi. Maqolada mazkur g‘azallar ma’no, vazn, badiiy ifoda 
xususiyatlari jihatidan malakali talqin etiladi. Uvaysiyning o‘ziga xosligi 
va mahorati masalalari yoritiladi. Mo‘tabar manbalardagi harora g‘azalga 
aloqador ma’lumotlar jamlanib, batafsil tahlil etiladi. Tadqiqotchi ularga o‘z 
munosabatini bildiradi, o‘rni bilan bahsga kirishadi. Harora g‘azallardagi 
ma’no va mazmun masalalari keng yoritiladi. Ishqning o‘rni va xususiyatlari 
tahlil etiladi. Orifona g‘oyalar mohiyati ochib beriladi. Ramziylik va uning 
asarlardagi o‘rni masalasiga oydinlik kiritiladi. 
 
						 
							