Iskandar oynasi
DOI 10.52773/tsuull.gold.2019.4/XGFN3626
Keywords:
Iskandar oynasi, tilsim, Navoiy, Nizomiy, XusravAbstract
Alisher Navoiy XV asr adabiy muhiti vakili sifatida oʻziga qadar 
yaratilgan eng sara adabiy durdonalar, badiiy ijodga doir tajriba va an’analarni 
puxta oʻzlashtirdi, natijada ularni rivojlantirdi. Eng muhimi shoirda badiiy 
ijod uchun tugʻma iste’dod mavjud edi. Qolaversa, tarixiy davr Xuroson va 
Movarounnahrda turkiy tilni himoya qiluvchi buyuk ijodkorning maydonga 
chiqishini taqozo etardi. Mazkur omillar birlashib insoniyat ma’naviy 
dunyosiga beqiyos hissa qoʻshgan Alisher Navoiydek ulugʻ shoirning badiiy 
ijod sahniga kelishiga zamin hozirladi. 
Navoiy xamsanavislik borasida salaflari tajribasini yaxshi oʻrgangan. 
Buni “Saddi Iskandariy” dostoni misolida ham koʻrish mumkin. Navoiy Nizomiy, 
Xusrav va Jomiy kabi oʻz “Xamsa”siga Iskandar mavzusidagi maxsus masnaviy 
kiritgan. Unda Iskandarning, avvalo, podshoh sifatidagi ishlari, soʻngra 
donishmandlik fazilatlari tasvirlanadi. Navoiy Iskandarni ilmparvar shaxs deb 
tasavvur qilgan, shu bois dostonda uning bir guruh donishmandlar bilan olib 
borgan ilmiy izlanishlari, tilsimlari xususida ancha batafsil ma’lumot beradi. 
Ana shu ilmiy kashfiyotlardan biri — Oinayi Iskandariy boʻlib, bu obraz faqat 
“Saddi Iskandariy”da emas, Navoiyning butun ijodida keng tasvirlangan va 
muhim ahamiyat kasb etgan. Mazkur maqolada Oinayi Iskandariyning paydo 
boʻlish tarixi, Nizomiy va Xusravning unga munosabati, Navoiy qarashlarining 
salaflari fikri bilan qiyosi hamda Navoiyning yangi talqinlari toʻgʻrisida soʻz 
boradi. 
 
						 
							