Ontologik poetika —badiiy matnni o‘rganishda yangi yondashuv sifatida
DOI 10.52773/tsuull.gold.2019.4/GUVV4545
Keywords:
ontologik poetika, asl ma’no, tartib parametrlari, talqin modellari, metametaforaAbstract
Mazkur maqolada ontologik poetika tadqiqi va uning sinergetik asoslari 
bayon etilgan. Sinergetikaning nazariy-metodologik izlanishlari natijalari 
filologik muammolari yechimida universal yondashuvlarga asoslanuvchi 
matn ontologik poetika talqini modellarini yaratishda muhim ahamiyat kasb 
etadi. Semiosinergetik tizim modellari ostidagi yangi paradigma istiqbolda 
badiiy matn (tizimi)ning immanent muammolari talqinida metodologik 
tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Sinergetik paradigmalar ontologik poetikaning 
fundamental asosi sifatida filologik tadqiqotlarning amaliy ahamiyatini 
oshiradi. Ontologik poetika olamning yaxlit ilmiy-falsafiy manzarasini anglash 
orqali borliq asosini tashkil qilgan olam va odam munosabatlarining chuqur 
qatlamlariga nazar tashlaydi. Bunday yondashuv badiiy matn, uning muallifi 
dunyoqarashi o‘z aksini topgan matnosti botiniy ma’nolarini yuzaga chiqarishda 
samarali, obyektiv natija beradi. Asarning avval yuzaga chiqmagan mohiyatiga 
daxldor belgilarini topish va umuman badiiy matn tahlili va talqini yuzasidan 
tasavvurni, nazmning murakkab tizimini o‘rganish rakursini o‘zgartirish 
sinergetik yondashuv vositasida real ahamiyat kasb etadi. Sinergetik matn — 
bu bir qancha tub, bevosita kuzatilmagan, botiniy, transsendent ma’nolardan 
iborat bo‘lib, ular leksemalarning lug‘aviy ma’nolaridan aniqlanmaydi hamda 
matnostining notekis munosabatlari va jarayonlari majmuini namoyon 
etadi.
kka aylanadi, insonda o‘ziga xoslikni yaratadi, hayotga nisbatan 
yo‘nalishini belgilaydi.
 
						 
							