Kul Tigin va Bilga xoqon bitiglari: matnlarning oʻqilishi va talqinlari
DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.1/ZONC5627
Keywords:
turkiy bitiglar, bitigtosh, epigrafika, matn tahriri, matn talqini, rasmiy uslubAbstract
Kul tigin va Bilga xoqon bitiglari qadimgi turk istoriografiyasi, 
yozma adabiyoti va adabiy tilining tengsiz yodgorliklaridandir. Tarixchi va 
adib Yo‘llug‘ tigin ularni bitishda o‘zining bor bilimi, mahoratini ishga soldi. 
Epigrafik matnning tuzilishi puxta va o‘ta murakkab.
Mangutoshlardagi bitiglarning katta bir bo‘lagi Bilga xoqon tilidan 
so‘zlanadi. Yozuvshi Yo‘llug‘ tigin Kul tigin bitigini yaratishda otasi aytib 
turgan so‘zlarni matnga tushirgan. Oradan uch yil o‘tib, Bilga xoqon 
vafot etgach, unga atalgan bitigni Yo‘llug‘ tiginning o‘zi yozdi. Хоqonning 
avvalgi yodgorlikuchun bitilgan nutqini olib, bunisiga ham kiritdi. Biroq, 
keyingi bitig burungi matnning so‘zma-so‘z qaytarig‘i emas, balki yozuvchi 
tomonidan qayta ko‘rilgan, tahrir qilingan.
 
						 
							