Sharq nasrida insho sanʼati: “Munshaoti Abdulloh Marvorid” asari
DOI 10.52773/tsuull.gold.2019.1/EROB2817
Keywords:
Munshaot, munshiy, maktub, farmon, qo‘lyozma, Sharafnoma, Tuhfai Somiy, Temuriylar davriAbstract
O‘zining qadim ildizlari va ulkan ilmiy salohiyatiga ega bo‘lgan 
mamlakatimizning davlatchilik tarixi, diplomatiyasi hamda ilm-fan, xususan, 
adabiyoti tarixida yozishmlalar muhim o‘rin tutadi. Mazkur yozishmalar 
hatto muayyan ilm sohasi sifatida qaralib, uning doirasida maktub 
bituvchilar(munshiylar)ga o‘quv qo‘llanmalar yoki saroy hujjatlaridan 
namunalar majmuasi ham yaratilgan va ular “munshaot” nomi bilan shuhrat 
topgan. Ushbu qo‘llanma va majmualar mamlakatimiz tarixi, adabiyoti 
hamda muayyan davrdagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayot haqidagi 
tasavvurlarimizni boyitishga yaqindan yordam beradi.
Ushbu maqolada Аlisher Navoiyning zamondoshlari, xususan, uning 
izdoshiga boʻlgan xattot va shoir, musiqashunos olim, “Munshaoti Аbdulloh 
Marvorid” asari muallifi Shahobiddin Аbdulloh Marvorid shaxsiyati va uning 
qalamiga mansub “Munshaoti Аbdulloh Marvorid” asari, asarning qo‘lyozma 
nusxalari, uning o‘zbek adabiyoti tarixida tutgan o‘rni va ahamiyati xususida 
so‘z yuritilgan.
Munshaot (arab.—insho etilganlar, yaʼni yozilganlar, bitilganlar) — 
Sharq sheʼriyatidagi janrlardan biri, muallifning nazm yoki nasrda yozilgan 
maktublar to‘plami.
 
						 
							