Ahmad Tabibiy ijodi va uning “Munisu-l-ushshoq” devoni nusxalari
DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.1/UJQH1911
Keywords:
Ahmad Tabibiy, shoir, devon, Tuhfatu-s-sulton, Munisu-l-ushshoq, Hayratu-l-oshiqin, to‘plamAbstract
Ahmad Tabibiy XIX asr oxiri – XX asr boshi o‘zbek adabiyotining 
faol vakillaridan hisoblanadi. Tabibiy tarjimon, dostonnavis, tazkiranavis, 
sifatida tanilgan. U mumtoz adabiy an’analarni munosib davom ettirdi, 
beshta she’riy devon tartib berdi. Hozirgi kunda shoir asarlari manbalari 
respublikamizdagi turli kutubxona va fondlarda saqlanmoqda. 
Ayniqsa, shoirning o‘z zamonasi adabiy hayotini yoritib beruvchi 
tazkira asari, qardosh xalqlar adabiyoti va so‘z san’atkorlari ijodini 
xalqimizga tanitish borasidagi xizmatlari katta ahamiyatga ega. Ahmad 
Tabibiy mumtoz ijodkorlar an’analarini davom ettirib, deyarli barcha 
janrlarda ijod qilgan. Hatto uning ijodida boshqa shoirlar ijodida 
kuzatilmaydigan o‘ziga xos janr namunalari bor. 
Ushbu maqolada adabiyotshunosligimiz tarixida Xiva adabiy 
muhitining peshqadam ijodkorlaridan bo‘lgan zullisonayn shoir Ahmad 
Tabibiy asarlari manbalari, shoir ijodining o‘rganilishi, adabiy ta’sir 
masalalari haqida ma’lumot berilgan. 
tavsifi amalga oshirilgan. Devonning qo‘lyozma va bosma nusxalari 
o‘rtasidagi farqli jihatlar haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, Tabibiy 
ijodiy merosi jamlangan manbalar, shoir lirikasining janrlar ko‘lami haqida 
ham fikrlar bayon etilgan.
 
						 
							