Mahmud Zamaxshariy “Al-qistos fi ilm al-aruz” asarining Berlin va Istanbul nusxalari qiyosi
DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.1/WYXP8522
Keywords:
“Al-Qistos” qoʻlyozmalari, Tubinger nusxasi, muqaddima qismi, aruziy bahrlar, Ar-risala al-AndalusiyyaAbstract
Mazkur maqolada jahon madaniyatiga salmoqli hissa qoʻshgan 
movarounnahrlik buyuk alloma Mahmud Zamaxshariyning arab aruzi 
nazariyasiga bagʻishlangan “Al-Qistos al-mustaqim fi ilm al-aruz” asarining 
arab aruzshunosligi rivojidagi o’rni va ushbu asarning dunyo fondlarida 
saqlanayotgan qoʻlyozma nusxalari haqida soʻz boradi. Matnshunoslik va 
adabiy manbashunoslik jihatidan ilk marotaba tadqiq qilanayotgan mazkur 
asarning Istanbuldagi Sulaymoniya kutubxonasi “Rais al-kuttab” fondida 
saqlanuvchi nusxasi hamda Berlin Tubinger davlat kutubxonasi fondida 
saqlanayotgan nusxalarining ilmiy tavsifi beriladi. Unda “Al-Qistos”ning 
Tubinger nusxasi bilan Rais al-kuttab nusxasi bilan qiyosiy tahlili amalga 
oshirilgan boʻlib, qoʻlyozmaning tarkibiy tuzilishi, aruz bahrlariga berilgan 
misollar hamda aruz doiralarida keltirilgan baytlardagi farqlar koʻrsatilgan. 
Tahlil jarayonida Rais al-kuttab nusxasi nuqsonsiz, toʻliq hamda asarning 
ilmiy tanqidiy matnini yaratishda tayanch nusxa sifatida foydalanish 
mumkin boʻlgan nusxa deb topildi. Tubinger nusxasi esa asarning barcha 
nusxalaridan tarkibi jihatidan farq qiluvchi oʻziga xos nusxa hisoblanib, 
qoʻlyozmaning uchinchi qismi matni boshqa muallifga tegishli ekani 
ma’lum boʻldi. Kotib ushbu qismdagi matnni aruzshunos olim Abu alJaysh al-Andalusiyning “Ar-risala al-Andalusiya” asaridan koʻchirganligi 
aniqlandi. Undagi aruziy bahrlarga berilgan she’riy namunalar Abu alJaysh al-Andalusiy tomonidan mahorat bilan yozilgan. Maqolada boshqa 
aruzga doir manbalarda uchramaydigan baytlarning vazni va tahlili berildi. 
Shuningdek, Tubinger nusxasidagi aruziy doiralar uchun berilgan she’riy 
misollar ham tahlil etilib
 
						 
							