XX asr o‘zbek adabiyotida mumtoz she’riyat an’analari
DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.2/TKMD6221
Keywords:
mumtoz she’riyat, adabiy an’ana, lirika, yangi davr she’riyati, Samarqand, zullisonaynlikAbstract
Maqolada mumtoz she’riyat an’analarining yangi davr o‘zbek 
adabiyotidagi taraqqiyoti haqida fikr yuritilgan. Unda 1920 – 1990-yillar 
davomida sho‘ro adabiyoti bilan yonma-yon sharq mumtoz adabiyoti 
an’analari izchil davom ettirilgani yangi materiallar asosida ko‘rsatib 
berilgan. XX asr Samarqand adabiy harakati namoyandalari orasida 
o‘zbek mumtoz adabiyotidagi devon tartib berish, zullisonaynlik, xattotlik, 
diniy-falsafiy mazmundagi qasida-yu madhiyalar yaratish, tarjimachilik, 
hikoyatnavislik singari an’analarni munosib davom ettirgan ijodkorlar 
bo‘lganligi o‘sha ijodkorlar asarlarining qo‘lyozma manbalari tahlili asosida 
yoritilgan. 
Bu davr ijodkorlari asarlari matnshunoslik va manbashunoslik 
nuqtayi nazaridan tekshirilib, mazmuniga ko‘ra adabiy manbalar – 
devonlar, lirik she’rlar majmuasi, musavvadalar (Ibn Davlat, Vadud 
Mahmud, Murodiy, Ahlam, Jome’), tarixnavislikka oid manbalar (Ahlam, 
“Turkmanqishloq tarixi”), ilmiy manbalarga (Vadud Mahmudning forstojik adabiyotining ulug‘ shoirlari hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan 
ilmiy tadqiqotlari) ko‘rinishida mavjudligi, janriga ko‘ra xat-yozishmalar, 
hujjatlar va arxiv fondlari (Vadud Mahmud, Jome’, Ahlam) bo‘linishi 
aniqlangan. 
Maqolada Samarqand mintaqasida yashab, ijod etgan mualliflar 
va ularning shaxsiy arxivlaridagi ma’lumotlar birinchi marta ilmiy 
jamoatchilikka ma’lum qilinadi.
 
						 
							