Arba’innavislik an’anasi va Muhayyir adabiy faoliyati
DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.2/XWTK9587
Keywords:
tarjima, Arba’in, hadis, an’ana, o‘ziga xoslikAbstract
Maqolada XIX asrning ikkinchi yarmi, XX asr boshlarida Qo‘qonda 
yashab ijod etgan iste’dodli adib, tarjimon Muhammadqul Muhammadrasul 
o‘g‘li Muhayyir ijodi haqida ma’lumot berilgan. Muhayyirning Alisher 
Navoiy an’anasini davom ettirib, qirq hadis mazmunidan iborat nazmdagi 
“Arba’in”i tahlil etilgan. Shuningdek, musulmon Sharq adabiyotidagi, 
xususan, arab, fors, usmonli turk va o‘zbek adabiyotidagi arba’inchilik 
an’anasi haqidagi ayrim kuzatishlari ham bayon etilgan. 
“Arba’in” bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan qirq raqamining xosiyati, 
insoniyat tarixiga doir voqea-hodisalarning Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, 
So‘fi Olloyor ijodidagi talqini tahlil etilgan. Ayni fikrni dalillash uchun 
adiblarning asarlaridan iqtiboslar olingan. Mazkur voqea-hodisalarning 
ildizlari Qur’oni Karim va hadisi sharifga borib taqalishi asoslangan.
Maqolada Muhayyirning tarjimonlik mahorati, uning tarjima uchun 
olingan hadis mazmunini saqlagan holda yaxshigina she’riy namunalar 
yaratgani ko‘rsatib berilgan. Fiqhlar asosli misollar yordamida isbotlangan. 
Shuningdek, Muhayyir nazmga solgan hadislar Alisher Navoiy ta’lif etgan 
“Arba’in” bilan ham qiyoslangan. Har ikki ijodkor yaratgan “Arba’in”larning 
o‘zbek adabiyotidagi o‘ziga xos o‘rni, mazmun va ma’no ko‘lami jihatidan 
ayrichaligi yoritilgan. Ular Alisher Navoiy “Arba’in”idagi hadislarning 
takrori bo‘lmay, balki mutlaqo yangi, mustaqil asar ekanligi ta’kidlangan. 
Tarjima uchun asos qilib olingan Shayx ibn Nuruddin Muhammad 
Puroniyning forsiy tilda ta’lif etilgan “Arba’in”i qiyosiy ko‘rib o‘tilgan. 
Adibning forsiy matndagi ma’noni turkiy tilda qay darajada ifodalagani 
tadqiq etilgan. Kuzatishlar asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarilgan.
 
						 
							