Turkiy tillar tarixida rasmiy uslubning takomil bosqichlari va davrlashtirish masalalari
DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.2/GTHI8034
Keywords:
turk xoqonligi, turkiy tillar, ko‘k turk, rasmiy uslub, bosqich, davrlashtirishAbstract
Turkiy tillar qadimiy tarixga ega. U bugungi holga kelgunga qadar 
turli taraqqiyot bosqichlari, davrlarini bosib o‘tgan. Ana shu jarayonda 
ichki va tashqi omillarga ko‘ra o‘zgarishlarga uchragan. Bu holni turkiy 
tillar rasmiy uslubining takomil bosqichlari misolida kuzatish mumkin. 
Ushbu maqolada turkiy tillarga xos hujjatchilik, rasmiy yozma uslub tarixi, 
uning rivojlanish jarayoni va mazkur jarayonni davrlarga bo‘lib o‘rganish 
masalasi tahlil etilgan.
Muallif maqolada ko‘k turk bitiglari tilini barcha uslublarning 
asosi sifatida qarash zarur degan fikrni ilgari suradi hamda o‘z fikrlarini 
turkiy tilning qadimgi davriga oid namunalar bilan asoslashga harakat 
qiladi. Turkiy hujjatchilik tarixi, rasmiy uslubning yuzaga kelishi va 
takomillashuvi bir qancha davrlarni o‘z ichiga oladi. Muallif uni quyidagi 
asosiy bosqichlarga bo‘lib o‘rganishni tavsiya etadi: “Eng qadimgi davrlar 
hujjatchiligi”, “Turk xoqonliklari davri hujjatchiligi”, “IX–XIII asrlar 
hujjatchiligi”, “XIII–XVI asrlar hujjatchiligi”. Maqolada ushbu davrlar yana 
ichki bosqichlardan iborat ekani ham qayd etilgan. Muallif turkiy rasmiy 
uslubning takomil bosqichlari tahlili turkiy saltanatlarning ish yuritish 
amaliyotida rasmiy matn tuzish an’anasi tugal shakllanganligi, hujjat 
bitishning yagona andozasi amal qilganligini ta’kidlaydi.
 
						 
							