XI —XIV asr turkiy yozma manbalarda qo‘llanilgan zoonimlar
DOI 10.52773/tsuull.gold.2019.1/PDBC5390
Keywords:
zoonim, Qutadg‘u bilig, Qissasi Rabg‘uziy, astroponim, etimologiya, turkiy, arabcha, fors-tojikchaAbstract
Mazkur maqola XI — XIV asrlarda Movarounnahr, Dashti Qipchoq 
va Misr mamlakatlarida yaratilgan yozma yodgorliklarda qo‘llanilgan 
zoonimlarni tadqiq etishga bag‘ishlangan. Maqolani yozish jarayonida 
quyidagi manbalardan foydalanilgan: Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, 
Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq”, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu 
lug‘otit turk”, “Tafsir”, “O‘g‘uznoma”, Sayfi Saroyining “Guliston bit-turkiy”, 
Qutbning “Xusrav va Shirin”, Mahmud bin Ali as-Sarayining “Nahj ul-farodis”, 
Xorazmiyning “Muhabbatnoma”, Nosiruddin Rabg‘uziyning “Qissasi Rabg‘uziy” 
asarlari. Ularda ishlatilgan zoonimlarga oid barcha materiallar ko‘k turk til 
bitiklari, XII-XIV asrlar uyg‘ur huquqiy hujjatlari va XIV asr o‘g‘uz-qipchoq 
yozma yodnomalari hisoblanmish Abu Xayyonning “Kitob ul-idrok li-lison ulatrok”, muallifi noma’lum “At-tuxfat uz-zakiyatu fil lug‘atit turkiya”, Jamoliddin 
Turkiyning “Kitob bulg‘at al-mushtoq fi lug‘atit-turk val qifchoq”, “Tarjumon 
turkiy va ajamiy va mo‘g‘aliy” risolalari hamda Alisher Navoiy asarlari, V. Radlov 
lug‘ati bilan tarixiy aspektda qiyosiy tahlil qilingan. Sinxron uslub yordamida 
tadqiqot obyekti qilib olingan terminlar tizimi hozirgi zamon turkiy tillari, 
xususan, hozirgi o‘zbek hamda turk adabiy tillari va ayrim o‘rinlarda o‘zbek 
tili shevalari materiallariga muqoyasa qilingan. Zoonimlarda kechgan fonetik 
va semantik o‘zgarishlar hamda mazkur terminlarning qo‘llanishi xususida 
tegishli xulosalar chiqarilgan.
 
						 
							