Abdurahmon Jomiyning “Risolayi muammoyi manzum” asari va uning tarjimasi
DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.2/PSUO4350
Keywords:
Nmuammo, janr, Abdurahmon Jomiy, Abdulla Gulshaniy, tarjima, risolayi muammo, transleteratsiyaAbstract
Abdurahmon Jomiyning risolalari o‘z davrida muammo janriga 
qiziquvchilar uchun qulay va tushunarli qo‘llanma bo‘lgan, lekin keyingi 
asrlarga kelib muammo janri adabiy jarayonlarda kam istifoda etila 
boshladi. Shu bois o‘quvchilarda muammo janri to‘g‘risida tasavvur hosil 
qilish uchun yangi qo‘llanmalar yozish, mavjud risolalarni sharhlashga 
zarurat sezildi. Jomiyning “Risolayi muammoyi manzum” nomli risolasining 
XX asrda Abdulla Gulshaniy tomonidan amalga oshirilgan tarjimasi ana 
shunday zaruratlar natijasi edi.
Ushbu tadqiqotda Abdurahmon Jomiyning “Risolayi muammoyi 
manzum” nomli muammo ilmiga bag‘ishlangan risolasi, uning Abdulla 
Gulshaniy tomonidan bajarilgan tarjimasi tahlil qilingan, risola tarjimasining 
matniy tadqiqi amalga oshirilgan. Muallif Jomiyning “Risolayi muammoyi 
manzum” nomli asarining ushbu tarjimasini eski o‘zbek yozuvidan hozirgi 
o‘zbek yozuviga to‘liq tabdil qilgan va matnni ilova qilgan. Ushbu risola va 
uning tarjimasi joriy o‘zbek grafikasida ilk bor nashr etilmoqda.
“Risolayi muammoyi manzum”ning tarjima matni aniq tuzilishga 
ega. Unda, dastlab, Jomiyga tegishli bayt keltiriladi, pastda qavs ichida 
baytning tabdilchi Jaloliddin Jo‘rayev amalga oshirgan transliteratsiyasi 
beriladi, undan so‘ng Abdulla Gulshaniy tarjimasi, izoh va muammo 
yechimlari keltirilgan. Abdulla Gulshaniyning tarjima va izohlari ham eski 
o‘zbek yozuvidan yangi o‘zbek alifbosiga Jaloliddin Jo‘rayev tomonidan 
o‘girilgan.
 
						 
							