“Go‘ro‘g‘li” (“Ko‘ro‘g‘li”) dostonida initsiatsiya talqini
DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.3/DJES8330
Keywords:
folklor, Go‘ro‘g‘li, motiv, initsiatsiya, mifologiyaAbstract
Ushbu maqolada “Go‘ro‘g‘li” (“Ko‘ro‘g‘li”) dostonining yetakchi 
motivlaridan biri – qahramonning initsiatsiyadan o‘tishi bilan bog‘liq 
talqinlarning mifologik va tarixiy asoslari haqida fikr yuritiladi. Unda 
dostonning o‘zbek, ozarboyjon, turkman versiyalarida kelgan talqinlar 
qiyosiy aspektda o‘rganiladi. “Go‘ro‘g‘li” (“Ko‘ro‘g‘li”) dostonining barcha 
qardosh versiyalarida qahramonning initsiatsiyadan o‘tishi motividagi 
makon, zamon – tog‘, g‘or, suv (buloq), daraxt (Boy terak), homiy eran 
(Xizr va chilton) obrazlarining yagona asosga ega ekanligi dalillanadi. 
Doston bobo sujetining yagona asosga ega ekanligi, qahramonning 
initsiatsiya jarayonidan o‘tishi uning alp sifatida qayta tarbiyat topishining 
asosiy shartlaridan ekanligi, unda qahramon jisman va ruhan hamiy 
eranlar tamonidan tarbiyat etilishining badiiy talqini ko‘rsatib beriladi. 
Qahramonlik dostonlari uchun mezon vazifasini o‘tovchi alplik tizimi 
tasavvurlarda muhim o‘ringa ega initsiatsiya jarayonining dostonning 
barcha qardosh versiyalarida o‘ziga xos ravishda badiiy ko‘rinishda 
tasvirlangani, ammo umumiy asosga egaligi isbotlanadi. Dostonning o‘zbek 
versiyasining Janubiy O‘zbekiston variantida qahramonning ma’naviy 
tarbiyasi mukammal badiiy talqin olganligi tahlil etiladi.
 
						 
							