O‘zbek tili sintaksisi rivojida chun bog‘lovchisining o‘rni
DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.3/PAGY1444
Keywords:
bog‘lovchi, morfologik shakl, sintaksis, gap, qo‘shma gap, tobe gap, kirish so‘zAbstract
Tilda boshqa tizimdagi tillarga xos grammatik shakllarning 
qo‘llanishi, ularning o‘sha tilga xos sintaktik qoliplarning va mazmuniy 
munosabatlarning ifodalanishi masalasini o‘rganish muhim ahamiyatga 
ega. Shunday grammatik shakllaridan biri chun bog‘lovchisidir. Mazkur 
maqolada chun bog‘lovchisining qo‘llanishi tarixi, uning o‘zbek tili 
sintaksisi taraqqiyotidagi o‘rni masalalari zamonaviy tilshunoslikda 
erishilgan yutuqlar asosida o‘rganildi. Jumladan, bog‘lovchining obyektiv 
(diktum) va subyektiv (modus) mazmundagi gaplarni shakllantirishi, 
obyektiv mazmunli gaplar qo‘shma gapning tobe komponenti sifatida 
qo‘llanib sabab, payt, shart, o‘xshatish kabi mazmuniy munosabatlarni 
ifodalashi, subyektiv mazmunni ifodalanganda esa kiritma gap sifatida 
qo‘llanishi ochib berildi. Shuningdek, bog‘lovchining yana bir o‘ziga xos 
jihati mavjudligi aniqlangan, ya’ni bog‘lovchining gap tarkibida, turli gap 
bo‘laklari orasida qo‘llana olish imkoniga egaligidir. Bu masala gapning 
grammatik mazmun planini, ya’ni sintaksisning kommunikativ aspekti 
nuqtayi nazaridan yondashib o‘rganildi. 
Tahlilga tortilgan til materiallari o‘zbek tilining sintaktik qurilishi 
taraqqiyoti masalalariga oydinlik kiritadi. Shuningdek, chiqarilgan ilmiy 
xulosalar, asoslar klassik va zamonaviy o‘zbek adabiyoti, fors adabiyotining 
hozirgi o‘zbek tilidagi tarjimalarida uchraydigan chun//chubog‘lovchining 
matndagi ma’nolarini to‘g‘ri anglashga yordam beradi.
 
						 
							