Fitratning ma’rifiy-axloqiy qarashlari haqida
DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.3/LUDD8848
Keywords:
Munozara, Fitrat, islohot, din, jadidchilik, TurkiyaAbstract
Abdurauf Fitrat Turkiston jadidchiligining rivojida muhim rol 
o‘ynagan hamda o‘z asarlari bilan ushbu harakat g‘oyalarining yoyilishiga 
juda katta hissa qo‘shish barobarida XX asr boshlarida butun musulmon 
dunyosini chulg‘ab olgan diniy islohot yo‘nalishida ham qator asarlar 
yaratdi, maqolalar yozdi. Fitratning diniy islohotchilik yo‘nalishidagi 
faoliyati bevosita o‘sha davrning mashhur siymolari Muhammad Abduh, 
Abdurashid Ibrohim va boshqalarning fikriy ta’sirida shakllandi. Ushbu 
maqolada Fitratning XX asrning o‘ninchi yillaridagi faoliyatining asosiy 
nuqtalari – uning Turkiyadagi faoliyati, asarlarining yozilishi, biografiyasiga 
oid ayrim faktlar qisqacha tahlil qilindi. Shuningdek, maqolaga ilk bor e’lon 
qilinayotgan Fitratning diniy-ma’rifiy mazmundagi maqolalari ilova qilindi.
 
						 
							