Temuriylar davridagi aruzga doir turkiy risolalarda bahrlar va vaznlar tavsifi
DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.4/BOUB2835
Keywords:
aruz, bahr, vazn, taqti', doira, musamman, musaddasAbstract
Maqolada temuriylar davrida turkiy aruzning shakllanishi va 
taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan risolalar: Shayx Ahmad Taroziyning 
“Funun ul-balog‘a”, Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon” va Zahiriddin 
Muhammad Boburning “Aruz risolasi”da keltirilgan bahr va vazn masalalari 
tahlil qilingan. Mumtoz poetikaga doir ilk turkiy risola hisoblangan “Funun 
ul-balog‘a” asarida bahrlar tasnifi va tavsifi o‘ziga xos yo‘nalishda amalga 
oshirilganligi ta'kidlanadi, muallif bahrlarning tarkibiy xususiyatlariga 
ko‘ra ularni ikki guruhga ajratib tasnif qilganligiga diqqat qaratiladi. 
Shuningdek, risolada 40ta bahr nazariy jihatdan tahlil etilganligi, ushbu 
bahrlardan 20tasi Shayx Ahmad Taroziygacha yaratilgan risolalarda 
mavjud bo‘lmaganligi, ularni muallifning o‘zi kashf qilganligi bilan bog‘liq 
ma'lumotlar ham keltiriladi. 
Maqolada Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon” asarida 19 bahr 
va u bilan bog‘liq holda 160ga yaqin vazn haqida ma'lumot berilganligi, 
Zahiriddin Muhammad Boburning “Aruz risolasi”da esa Navoiyning asariga 
qo‘shimcha ravishda yana ikki bahr: Ariz va Amiq bahrlari ham alohida 
tavsiflanganligi, jami “Aruz risolasi”da 21 bahr, 537 vazn keltirilganligi aytib 
o‘tiladi. Tahlil asnosida maqola muallifi turkiy aruzshunoslik temuriylar 
davrida o‘zining yuksak cho‘qqisiga ko‘tarilgan degan xulosaga keladi.
 
						 
							