Mahmud Zamaxshariyning “Kashshof” asari qo‘lyozma nusxalari haqida
DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.4/XXRW6160
Keywords:
xorazmlik alloma, Mahmud Zamaxshariy, mufassir, Kashshof, tafsir, Qur’oni karimAbstract
Mazkur maqolada buyuk olim, xorazmlik alloma Abul Qosim 
Mahmud Zamaxshariyning mashhur diniy asarlaridan biri, Qur’oni karim 
tafsiriga bag‘ishlangan “Kashshof” (to‘liq nomi – “al-Kashshof fi haqoiqi 
g‘avomidi-t-tanzil va uyuni-l-aqovil fi vujuhi-t-ta’vil” (“Qur’ondagi berk 
haqiqatlarni va uni sharhlash orqali rivoyatlar ko‘zlarini ochuvchi”) asari, 
xususan, uning qo‘lyozma nusxalari haqida so‘z boradi. Bugungi kunda 
mazkur tafsirning O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy 
nomidagi Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar fondida o‘n to‘rtta 
qo‘lyozma nusxasi saqlanadi. Maqolada ushbu o‘n to‘rtta qo‘lyozma 
nusxa manbashunoslik nuqtayi nazaridan batafsil tahlil qilingan. Har 
bir qo‘lyozma nusxaning to‘liq bibliografik ko‘rsatkichlari qayd etilgan. 
Shuningdek, qo‘lyozmalarda suralar haqidagi ma’lumotlar – necha oyatdan 
iborat, qayerda nozil bo‘lgan, sura tafsirlarining berilish usullari, qo‘lyozma 
nusxalarning xattotlari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Maqola 
so‘nggida “Kashshof” asarining qo‘lyozma nusxalari haqida tasavvur hosil 
qilish uchun ulardan olingan fotolavhalar ilova qilingan.
 
						 
							