“Rashahot aynu-l-hayot” asarining Turkiya fondlaridagi nusxalari ilmiy tavsifi va tekstologik tadqiqi
DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.4/DYLC8600
Keywords:
Rashahot aynu-l-hayot, manoqib, , tavsif, muallif dastxati nusxasiAbstract
Ushbu maqola XVI asrda yashab, o‘zidan boy ilmiy meros qoldirgan 
yetuk manoqibnavis va tazkiranavis olim Faxruddin Aliy Safiy ibn Husayn 
Voiz Koshifiy Hiraviy (1463 – 1533) qalamiga mansub “Rashahot aynu-lhayot” (Hayot bulog‘i tomchilari) asari nodir qo‘lyozma nusxalari tavsifi va 
tadqiqiga bag‘ishlangan. 
“Rashahot” asarining eng qadimiy va bexato kitobat qilingan 
nusxasi qayerda saqlanadi? Nima uchun asarning tanqidiy matni bilan yangi 
topilgan muallif dastxati nusxasi orasida ulkan tafovut, farqlar mavjud? 
Mazkur asarning yangi tanqidiy matni yoki qiyosiy-yig‘ma matnini tuzish 
qanchalik muhim? Bir asarning turli xil diyorlarda ko‘chirilgan matnlarida 
nima sababdan farqlar kuzatiladi? Maqolada ana shu xususlarda so‘z 
boradi. Shuningdek, maqolada "Rashahot"ning Turkiya fondlarida mavjud 
nodir nusxalari, ularning soni, tavsiflari va Toshkentdagi nodir nusxasi 
bilan qiyosiy-tekstologik tadqiqi misollar asosida yoritilgan.
 
						 
							