О журнале

 

“Oltin bitiglar – Golden Scripts” jurnali  2017-yil 26-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi tomonidan  ro‘yxatdan o‘tkazilgan  (guvohnoma № 0940).

 

Jurnal muassisi:  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

Xalqaro standart seriya raqami - ISSN 2181-9238

 

“Oltin bitiglar – Golden Scripts” jurnali – Sharq adabiyoti va
madaniyati, ijtimoiy-ma’naviy hayoti, tilshunoslik va aniq fanlar,
dinshunoslik va ilohiyotshunoslikka oid ahamiyatli qo‘lyozma
manbalar, xalq og‘zaki ijodi namunalariga bag‘ishlangan ilmiy
tadqiqotlar xulosalarini chop etishga mo‘ljallangan.

Jurnal bir yilda to‘rt marta chop etiladi.

Jurnalning maqsadi – ko‘rsatilgan sohalarga oid dolzarb mavzulardagi bahs-munozaraga undaydigan, yangi,  o‘z konsepsiyasiga ega bo‘lgan tadqiqotlarni nashr etishdir. Ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi, shuningdek, boshqa turkiy tillarda yozilgan maqolalar qabul qilinadi. Jurnalda kitoblarga yozilgan taqrizlar, adabiyotlar sharhi, konferensiyalar hisobotlari va tadqiqot loyihalari natijalari ham e’lon qilinadi. Mualliflar fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.