“Xamsa” dostonlarining ilmiy-tanqidiy matnlari va ularni tuzish prinsiplari

DOI 10.52773/tsuull.gold.2019.1/NZPH9466

Authors

  • P. Shamsiyev

Keywords:

matn, Alisher Navoiy, ilmiy-tanqidiy matn, tavsif, bayt, Xamsa, qo‘lyozma

Abstract

O‘zbek matnshunosligi XX asrning birinchi yarmida fan sifatida jadal
rivojlana boshladi. Matnshunoslik, dastlab, mumtoz adiblar, xususan, Alisher
Navoiy asarlarini to‘plash, ularni tadqiq etish hamda nashrga tayyorlash ishlari
bilan boshlangan bo‘lsa, keyinchalik yangi tarmoqlar hisobiga kengayib bordi.
Bugungi kunda matnshunoslik sohasi manbashunoslik bilan birga yanada
rivojlanib, zamonaviy filologik masalalar yechimida muhim vazifalarni amalga
oshirmoqda.
Porso Shamsiyev — o‘zbek matnshunosligining asoschilaridan biri. U
qariyb 50 yil mobaynida matnlar tadqiqi bilan shug‘ullandi. Mazkur maqolada
o‘zbek adabiyotining atoqli namoyandasi Alisher Navoiyning “Xamsa” asari
nusxalari hamda uning ilmiy-tanqidiy matnini yaratish prinsiplari xususida
so‘z yuritiladi. Olim o‘z oldiga Alisher Navoiy “Xamsa”sining to‘liq ilmiytanqidiy matnini tuzish vazifasini qo‘yadi. Mazkur matnni tayyorlashda olti
qadimiy qo‘lyozmaga tayanadi va shu asosda “Xamsa”ning ilmiy-tanqidiy
matnini tayyorlaydi, bu jarayonda matnshunoslikning muayyan prinsiplari
asosida ish ko‘radi. Alisher Navoiy “Xamsa”sining ilmiy-tanqidiy matniga asos
bo‘lgan qo‘lyozmalarning har biriga mukammal tavsif beradi. Bunda dunyo
matnshunosligida mavjud bo‘lgan tanqidiy matn tayyorlash tajribasiga ham
suyanadi. Muallif “Xamsa”ning imkon qadar muallif variantiga yaqin matnini
taqdim etish, bu orqali buyuk mutafakkirning ijodiy qiyofasi yanada yorqin
namoyon bo‘lishiga erishish hamda Navoiy asarlarining jamiyatga, yosh avlod
tarbiyasiga yanada ko‘proq xizmat qilishiga erishishni maqsad qilgan

Published

2021-10-25