Oʻzbek va uygʻur-arab alifbosining qarindoshlik munosabatlari (Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” asari uyg‘urcha tarjimasida aks etgan singarmonizm hodisasi misolida)

Авторы

  • Song Ho-Lim

Ключевые слова:

Abdulla Qodiriy, uygʻur tili, singarmonizm, umlaut, arab yozuvi, chigʻatoy tili, uygʻur imlosi.

Аннотация

Abdulla Qodiriy oʻzbek tilida yozilgan ilk zamonaviy roman muallifidir. XX asr boshlarida adabiy asarlarning aksariyati fors-arab yozuvi imlosida yozilgan. Qodiriy ham oʻzining dastlabki asarlarida xuddi shu yozuvdan foydalangan. Biroq uning “Oʻtkan kunlar” romanining 1925-yilgi birinchi nashri milliy uygoʻnish davrida paydo boʻlgan yangi oʻzbek-arab yozuvida chop etilgan. Bu yozuv asosida keyinchalik uygʻur-arab alifbosi shakllantirilgan. Boshqacha aytganda, Qodiriy ijodi chigʻatoy turkiy tilidan hozirgi uygʻur va oʻzbek tillari ajralish davrini o‘zida aks ettiradi. Ushbu tadqiqotda “O‘tkan kunlar”da qoʻllanilgan yangi oʻzbek-arab yozuvi shu asarning 1982-yilgi uyg‘urcha tarjimasidagi uygʻur-arab yozuvi bilan qisqacha taqqoslanadi. Bu orqali ikki xalq oʻrtasidagi etnolingvistik aloqalarni, ayniqsa, qarindoshllik munosabatlarini ma’lum darajada kuzatish mumkin. Qolaversa, uyg‘ur tilidagi fonetik oʻzgarishlar, xususan, singarmonizm hodisasini yozuvda aks ettirish, uni tilda saqlash uchun qilingan xatti-harakatlar tarixiy voqeliklar asosida tahlil qilinadi.

Загрузки

Опубликован

2023-10-05

Выпуск

Раздел

Статьи