“Me’rojnoma” asari tilining leksik va morfologik xususiyatlari

Авторы

  • Jahongir Turdiyev

Ключевые слова:

turkiy til, leksikologik tadqiq, leksik birlik, morfema, affiks, Islom diniga oid atamalar, forscha so‘zlar, arabcha so‘zlar.

Аннотация

Mazkur maqola turkiy “Me’rojnoma”ning til xususiyatlariga bag‘ishlangan. Unda asar tilining leksik va morfologik xususiyatlari tilshunoslik nuqtai nazaridan tahlil etilgan. Tilning tarixiy taraqqiyoti jarayonida so‘zning morfem tarkibi o‘zgarib turgani bois uni tahlil qilishda tarixiylik va hozirgi holat masalasini ajratish muhim ahamiyatga ega. Asarning til xususiyatlarini yoritishda ana shu jihatlarga e’tibor qaratilgan. Maqolada asarda qo‘llanilgan shevaga oid so‘zlar, Islom dini bilan bog‘liq atamalarning qo‘llanilishi xaqida ham so‘z yuritilgan. Shuningdek, maqolada “Me’rojnoma”da qo‘llanilgan so‘z va morfemalarning hozirgi o‘zbek adabiy tiliga munosabati haqida bahs yuritilgan.

Загрузки

Опубликован

2023-10-05

Выпуск

Раздел

Статьи