Denov kichik dialektal zonasining xususiyatlariga doir

Authors

  • Anvarbek Turdialiyev

Keywords:

dialektologiya, areal lingvistika, dialektal zona, lingvistik geografiya, a-zona, hudud, tayanch dialekt, fokus nuqtasi.

Abstract

Areal lingvistika O‘zbekistonda fan sifatida shakllanish jarayonida ekanligi ma’lum. Bu fanning nazariy asoslari tilshunos olim A.Jo‘rayev nomi bilan bog‘liq, lekin areal lingvistikaning tarkibiy qismi bo‘lgan lingvistik geografiya bo‘yicha tadqiqotlar nisbatan oldinroq boshlangan. Bu maqolada bir nazariy masala tilshunoslar e’tiboriga kiritilmoqdaki, u ham bo‘lsa, kichik dialektal zona masalasidir. To‘g‘ri, dialektal zona to‘g‘risida dunyo tilshunosligida ancha yillardan beri fikr yuritib kelinadi. A.Jo‘rayev unga o‘zbek shevalarining xususiyatlaridan kelib chiqib, yangicha qarashlarini bayon qilgan. Uning olg‘a surgan g‘oyasi dialektal zona boʻlib, bir til massivi ichidagi uning bo‘laklarini bildiruvchi lingvistik hodisadir. Biz uni shartli ravishda yirik dialektal zona deyishimiz mumkin. Bu dialektal zonalar ham bo‘laklarga ajralishi mumkinligi masalasi ham kun tartibiga kelib chiqmoqdaki, uni kichik dialektal zona deb yuritish imkoniyati paydo bo‘lmoqda. Maqolada ayni masala muhokama qilinadi.

Downloads

Published

2023-10-05