Iskandar mavzusining ilk diniy-tarixiy manbalari

Authors

  • Ilyos Ismoilov

Keywords:

Aleksandr, Iskandar mavzusi, Tavrot, genesis, transformatsiya, Sharq, retsepsiya, badiiy talqin.

Abstract

Iskandar mavzusining genezisi uzoq o‘tmish bilan aloqador bo‘lib, Alisher Navoiy davriga (XV asr) nisbatan olganda ham 20 asrlik tarixga ega. Mavzuning asosini makedoniyalik mashhur hukmdor Aleksandrning (milloddan avvalgi 356 – 323-yillar) hayoti va faoliyati tashkil etadi. Aksar syujet liniyalari, qahramonlar, motivlar, epizodlar va talqinlar mazkur o‘zak bilan bevosita yoki bilvosita bog‘lanadi. Ammo bir guruh mutaxassislar, masala tarixini o‘rgangan tadqiqotchilar mavzuning genezisi Aleksandr dunyoga kelishidan ham oldinroq deb hisoblashadi. Ularning farazicha, Tavrot (Tanax)ning uchinchi qismi – “Muqaddas yozuvlar” (Ktuvim) tarkibidagi “Daniil” (Doniyor) payg‘ambar kitobida keltirilgan bir vahiy (tush) Aleksandr haqidagi ilk bashorat bo‘lib, unda Aleksandrning kelajakda ulkan imperiyaga asos solishi xabar qilinadi.
Ushbu maqolada mavzuning Tavrotdagi asoslari deb qaraluvchi o‘rinlari batafsil o‘rganilgan, shuningdek, Tavrotning nokanonik kitoblaridan “Makkabiylarning birinchi kitobi” (miloddan avvalgi II asr)da qayd etilgan Aleksandrning tarixiga oid ma’lumotlar tahlil etilgan. Mazkur ikki manbada uchrovchi ma’lumotlarning keyinchalik Sharqdagi manbalar, xamsanavislik an’anasi, xususan, Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi talqinlar bilan qanchalik muvofiqligi yoxud transformatsiya jarayonida qanday o‘zgartirishlarga uchrash sabablari tadqiq etilgan.

Downloads

Published

2023-10-07