“Tarje’bandi Xomisa” – Alisher Navoiyga izdoshlik mahsuli

Authors

  • Ozoda Tojiboyeva

Keywords:

an’ana va izdoshlik, doston, lirik janr, tarje’band, falsafiy mushohada.

Abstract

Alisher Navoiy ijodiy merosiga izdoshlik o‘zbek adabiyotining keyingi davrlarida keng davom ettirilgan an’analardan. Jumladan, Xorazm adabiy muhitida shoirning lirik janrlardagi barcha she’rlaridan ta’sirlanish kuzatiladi. “Xamsa” dostonlarining ijodiy qayta ishlanishi va targ‘ib etilishida ham ushbu hududning o‘rni muhim. Xorazm shoirlari Navoiydan ta’sirlanib g‘azallar bitdilar, adabiy ta’sir natijasida tatabbu’, taxmis, tazmin yo‘lidan bordilar.
Iste’dodli shoir Avaz O‘tarning “Tarje’bandi Xomisa” asari Navoiy “Xamsa”si dostonlari ta’sirida yozilgan. Mazkur asarda muallif “Xamsa” dostonlari mazmuniga tayangan bo‘lsa-da, tarje’bandning g‘oyasi hamda shakliy jihatlari Alisher Navoiyning tarje’bandlariga hamohang. Shuning uchun mazkur maqolada “Tarje’bandi Xomisa” Alisher Navoiy “Xamsa”sining dostonlari va tarje’bandlariga qiyoslab o‘rganildi.

Downloads

Published

2023-10-07