Alisher Navoiy nasriy asarlarida qoʻshma gap transformatsiyasidagi sodda gaplar sintaksisi

Authors

  • Samixon Ashirboyev

Keywords:

gap, sodda gap, qoʻshma gap, qoʻshma gap tranformatsiyasidagi sodda gap, transforma, kengaygan kesim, uyushiq kesimli sodda gap.

Abstract

An’anaviy oʻzbek tilshunosligida kesimi yoyiq shaklda uyushib kelgan gaplarga nisbatan keyingi davrda qoʻshma gap deb qarash hollari kuchaygan edi. Albatta bunday qarash turli munozaralarga sabab boʻldi. Vaqtida bunday gaplar qoʻshma gap transformatsiyasidagi sodda gaplar sifatida qaralgan, Ushbu maqolada Alisher Navoiy asarlari nasriy asarlari misolida bu kabi qarashlarda muhokama qilingan va mavjud nazariy fikrlar asosida tahlili amalga oshirilgan. Maqolada bu gaplar qoʻshma gap transformatsiyasidagi sodda gaplar deb yuritilgan, ularga nisbatan bildirilgan ilmiy qarashlar bayon qilingan, uning rus tilshunosligi va oʻzbek tilshunosligidagi talqinlari, keyingi davr adabiyotlarida uyushiq kesimli sodda gap atalishi tahlil qilinadi hamda asosli dalillar keltirilgan holda mavjud yanglish yondashuvlarga barham berildi. Ergash gap darajasiga yetmagan bunday sintaktik birlikka nisbatan transforma termini qoʻllandi va ularning ergash gapli qoʻshma gaplarga oʻxshash va ulardan farqli xususiyatlari asoslangan. Tranformalarning oʻzaro sinlaktik munosabati va ular aloqasida qoʻllanadigan bog‘lovchi va bog‘lovchi funksiyasidagi yordamchi soʻzlar keltirilgan hamda bu transformalarning sintaktiksemantik xususiyatlari yoritilgan.

Downloads

Published

2023-10-07