Ilmiy-tanqidiy matn mashaqqati

Authors

  • Rashid Zohid

Keywords:

ilmiy apparat, ishonchli matn, mantiqiy dalillash metodi, matn tahriri, matn islohi, “Sabot ul-ojizin”, silsilaviy tizim, spetsifik xususiyat, umumiy qonuniyat.

Abstract

Badiiy matnni tahlil qilishda asliyatga yaqin, mukammal ilmiy-tanqidiy matnlar asosida tayyorlangan asar matni bilan ishlash talab etiladi. Shunga ko‘ra matnshunoslik fani oldida har bir adabiy merosning mukammal nashrini yaratish vazifasi turadi. Ilmiy-tanqidiy matn tayyorlashda barcha manbalar uchun umumiy qonuniyatlar bilan bir qatorda har bitta manbani o‘rganish jarayonida yuzaga chiqadigan alohida xususiyatlar ham mavjud. Umumiy xususiyatlari ko‘p nusxali matnlarni qiyoslash, saralangan nusxalarni guruhlash va asos nusxani tanlash bilan belgilansa, alohida xususiyatlari o‘rganayotgan manba yo‘nalishidan kelib chiqib, ilmiy apparatini shakllantirishdir.
Maqolada So‘fi Olloyorning “Sabot ul-ojizin” asari ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash jarayonida kechgan matn tadqiqi bilan bog‘liq kuzatishlar haqida ma’lumot beriladi.

Downloads

Published

2023-10-07