Tabibiy debochalari

Authors

  • Shermuhammad Amonov

Keywords:

qo‘lyozma, manba, debocha, devon, tazkira, biografiya, janr, nazm.

Abstract

Odatda, devonlarning kirish qismida muallif tomonidan, ba’zan boshqalar tomonidan maxsus yoziladigan so‘zboshi (muqaddima)lar – debochalar yozilgan. Bunda devon yoki muayyan majmuani tuzilishiga sabab bo‘lgan omillar, to‘plamning tuzilishi yoki tarkibiga oid ma’lumotlar, muallifning uzrxohligi va duoyu iltimosi o‘z aksini topadi. Tabibiy ham “Munisu-l-ushshoq” devonida ana shunday mazmunda debocha yozgan. Ushbu debocha matni shu paytgacha to‘liq tabdil etilmagan. Umuman, debochalar shoir adabiy-estetik olamini aniqlashda muhim hisoblanadi.
Tabibiyning “Munisu-l-ushshoq” devoni hajman yirik bo‘lib, unga mumtoz adabiyotimizning g‘azal, mustazod, murabba’, muxammas, musaddas, musabba’, musamman, mutassa’, muashshar, masnaviysoqiynoma, ruboiy, qasida, shiru shakar, varsoqi kabi she'r namunalari kiritilgan.
Ushbu maqolada Tabibiyning devonlari uchun yozgan debochasi matni haqida mulohazalar bildirilgan va debocha matnining to‘liq tabdili keltirilgan.

Downloads

Published

2023-10-07