Mutrib asarlari ilmiy-tanqidiy matnini yaratish tamoyillari

Authors

  • Sohiba Madirimova

Keywords:

qo‘lyozma, tazkira, she’r, bayoz, g‘azal, devon, Mutrib Xonaxarob.

Abstract

Ushbu maqolada Xorazm adabiy muhiti shoiri Muhammad Hasan Mutrib Hoji Tabib o‘g‘lining (1853–1923) adabiy merosi matnshunoslikning nazariy-amaliy muammolari asosida o‘rganilgan. Mutrib Xonaxarobning shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondidagi 903/IV, 906/VII, 2679/II inventar raqami ostida saqlanayotgan devon qo‘lyozmalari, shoir yashagan davrda tuzilgan bayoz, tazkira hamda majmualardagi she’rlari haqida ma’lumot berilgan.
Shoir she’rlarining ilmiy-tanqidiy matnini yaratishda bir qancha tamoyillar ishlab chiqilgan. Bular, asosan, Y. Bertels, D.S.Lixachev, H. Sulaymonov, P. Shamsiyev kabi matnshunos olimlarimizning ilmiy mulohazalari asosida yoritilgan.
Mutribning devon qo‘lyozmalari, yuzdan ortiq bayozdagi she’rlari asosida tayanch va yordamchi manbalar aniqlab olingan. Shoir she’rlari ilmiy-tanqidiy matnini yaratishda “Devonning ilmiy-tanqidiy matnini tuzish uchun devon qo‘lyozmalarini lotin alifbosining dastlabki uch harfi – A, B, D bilan belgilash”, “Shoir she’rlari sarlavhalarini muvofiqlashtirish tamoyili”, “Devondagi she’rlarning alifbo tartibida joylashuvini qayta ko‘rib chiqish tamoyili”, Qo‘lyozma majmualar va bayozlardagi she’rlarni tayanch manba uchun tiklashda shartli belgilarni qo‘yish tamoyili” kabi sakkizta tamoyil ishlab chiqilgan.

Downloads

Published

2023-10-07