Qofiya harflarining nazariy asoslari tadqiqi

Authors

  • Orzigul Hamroyeva

Keywords:

qofiya harflari, xuruj, mazid, noyira, ridf, ta’sis, qayd, vasl, raviy, qofiya harakatlari, muassas, mujarrad, muqayyad, murdaf.

Abstract

Mumtoz qofiya ilmi alohida mustaqil ilm sifatida poetikaning tarkibiy qismi sifatida risolalar tarkibida alohida tadqiq etilgan. Poetikaga oid risolalarning barchasida adabiy tur va janrlar, badiiy san’atlar, aruz vazni kabi ilmlar qatorida qofiya ilmi nazariyasi alohida qismlar ostida taqdim qilingan. Mumtoz adabiyotda qofiyaning bir necha turlari o‘rganilgan. Ta’kidlash kerakki, qofiyaning turli jihatlariga ko‘ra bu turlarining mukammal tarzda qo‘llanishi baytlar takomilini belgilab bergan. Bu qofiya turlarining aksariyati qofiya harflari ishtiroki bilan bog‘liq. Maqolada poetikaga oid risolalarda keltirilgan qofiya harflarining nazariy asoslari qiyosiy tarzda o‘rganiladi.

Downloads

Published

2023-10-07