“Lison ut-tayr” dostoni kompozitsiyasi va obrazlari uyg‘unligi

Authors

  • Alisher Razzoqov

Keywords:

“Lison ut-tayr”, badiiy ijod, islom, tasavvuf, kompozitsiya, hikoyat, obraz.

Abstract

Mazkur maqolada Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” asari tasvvufiy nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Maqola oldiga qo‘yilgan ilmiy muammoning yechimida, avvalo, Alisher Navoiyning tasavvuf va uning naqshbandiya ta’limotidagi o‘ziga xos qarashlariga ahamiyat berilgan. Asar kompozitsiyasining o‘ziga xosligiga diqqat qaratilib, undagi har bir bo‘lim, har bir detal Alisher Navoiyning, eng avvalo, islomiy, so‘ngra tasavvufiy dunyoqarashini o‘zida aks etgani tahlillar orqali asoslangan. Dostonning kirish qismidagi islom tarixida mashhur bo‘lgan tarixiy shaxslar haqidagi hikoyatlar asarning tasavvufiy mohiyatini to‘g‘ri anglash va obrazlar badiiyatini yoritishdagi ahamiyati ta’kidlangan. Asarning 95-bobida tasvirdangan Abu Turob Naxshabiy va uning muridi haqidagi hikoyat ham tahlil qilinib, unda so‘fiylikning axloqiy-ta’limiy mavzulari qalamga olingani haqida xulosa chiqarilgan. Mavzuni yoritishda Alisher Navoiy asarlaridan tashqari tasavvufiy mavzuda ijod qilgan shoirlar, islom tarixi, tasavvufga doir klassik va zamonaviy mualliflar fikrlari asos qilib olindi.

Downloads

Published

2023-10-07