“Unvonul bayon”da “javomi’ul kalim” uslubi

Authors

  • Rashid Zohid

Keywords:

kalom, hadis, fiqh, usuli fiqh, bayon ilmi, adab ilmi.

Abstract

Ushbu maqolada yuz yillardan beri ilm toliblari suyib o‘qib kelayotgan “Unvonul bayon” kitobining ilk marta arab tilidan ona tilimizga tarjimasi va sharhi haqida, jarayonda kechgan ilmiy-ijodiy izlanishlar, yondashuvlar xususida yangi, muhim ma’lumotlar berilgan. Kitob muallifi misrlik adib Abdulloh Shibraviy XVII-XVIII asrlarda kalom, hadis, fiqh, usuli fiqh ilmlarida yetuk olim bo‘lishi bilan birga, o‘z zamonasining nazmiy devon tartib bergan mumtoz shoirlaridan, adab ilmi bo‘yicha risolalar bitgan. U o‘z davrining bayonda mazmun va shakl uyg‘unligini his qilish malakasiga ega insonlaridan bo‘lib, bu imtiyoz adibga “javome’ul kalim” uslubini o‘zlashtirishga imkon bergan.

Downloads

Published

2024-08-01