“Boburnoma”ning qo‘lyozma va tarjimalari xususida
Keywords:
boburshunoslik, “Boburnoma”, qo‘lyozma, tarjima, tarjimashunoslik, matn, matnshunoslik.Abstract
Zahiriddin Muhammad Boburning qomusiy mazmundagi “Boburnoma” asari va uning qo‘lyozmalari haqida bugunga qadar bir qancha ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Asar qo‘lyozma nusxalari soni, ular qayerlarda saqlanishi va kimlar tomonidan topilib, o‘rganilgani, shuningdek, tarjimalari va ularning o‘ziga xos jihatlari olimlarni doimiy qiziqtirib kelgan. Ularni bir tadqiqot doirasida o‘rganish va tahlil qilish muhim masalalardan hisoblanadi.
Mazkur maqolada “Boburnoma” asarining xorijda o‘rganilishi, jumladan, turkiy xalqlar adabiyotida boburshunoslikka oid ilmiy ishlarning tahlili, tadqiqotlarning tadrijiy takomili, shuningdek, asarning dunyo fondlarida saqlanayotgan qo‘lyozma nusxalari va ularning tavsifi, ilmiy tadqiqi hamda tarjima nashrlari xususida ma’lumot berilgan.