Tavhid, nubuvvat va badiiy tavsif masalasi tadqiqiga doir
Keywords:
tavhid va nubuvvat masalasi, nubuvvat va badiiy ijod, islomiy manbalar, an’ana va yangicha talqin, mavzu va g‘oya, obraz va motiv, timsol va tavsif.Abstract
Mazkur maqola o‘zbek mumtoz adabiyotining muhim va dolzarb masalalaridan bo‘lgan nubuvvat va badiiy ijod muammosi tadqiqiga bag‘ishlanadi. Unda Sharq-islom, xususan, turkiy-o‘zbek tasavvuf va mumtoz adabiyoti g‘oyaviy-badiiy olamida salmoqli o‘rin tutgan nubuvvat ta’limoti (profetologiya) xususida mulohazalar yuritiladi. Maqolada bu tushunchaning lug‘aviy-istilohiy va ma’rifiy ma’nolari izohlanadi, badiiy jarayonlarda ifoda etilish an’analari nazariy jihatdan baholanadi. Shu bilan birga tavhid, nubuvvat va badiiy ijod masalalariga oydinliklar kiritiladi, nubuvvat namoyon bo‘lishining qator holatlari manbalar asosida tadqiq etiladi. Kuzatishlardan ayon bo‘ladiki, nubuvvat tasavvuf ta’limotining shakllanishi va rivojidagina emas, balki tasavvuf va mumtoz adabiyot taraqqiyotiga ham ulkan ta’sir etgan olamshumul hodisa hisoblanadi. U va unga daxldor haqiqatlarni anglamasdan turib, Sharq adabiyoti va falsafasini chuqur idrok etib bo‘lmaydi. Shularni hisobga olgan holda maqolada nubuvvat masalasi va uning mumtoz adabiyot poetik olamidagi mavqeyi haqida so‘z yuritiladi.