Saif Zafari Buxoriyning "Durrul majolis" asarida Odam (a.s.) talqini

Authors

  • Zilola Amonova
  • Azizbek Boqiyev

Keywords:

Durrul majolis, Saif Zafari Buxoriy, toshbosma, nashr, Basmala, Qur’oni Karim, Hadisi Sharif, Odam (a.s), tasavvuf, badiiyat.

Abstract

Mazkur maqolada Saif Zafari Buxoriyning «Durrul majolis» asaridagi Odam (a.s) bilan bog‘liq qissa tahlilga tortilgan. Mazkur toshbosma Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat kutubxonasida 726-inventar raqam ostida saqlanadi. Bu noyob manba 1910-yil Toshkentdagi G‘ulomiy matbaasida bosmadan chiqarilgan bo‘lib, 240 sahifadan iborat. Kitob Toshkentda chop etilgan bo‘lsa-da, Buxoro qo‘lyozmalari fondida saqlanayotgani uchun shartli ravishda “Buxoro toshbosmasi” nomi bilan o‘rganilmoqda. Mazkur manba qissayi anbiyo xarakteridagi asarlar sirasiga mansub bo‘lib, Qur’oni Karimda nomlari zikr etilgan o‘n ikki payg‘ambar haqidagi qissa berilgan. Shuningdek, kitobda sahobalar, shayxlar haqidagi hikoyatlar ham keltirilgan. Qolaversa, turli didaktik hikoyatlarga ham o‘rin ajratilgan. Toshbosmaning birinchi bobi “Hazrati Odam alayhissalomning jasadi muboraklarini yaratmog‘ini bayonidadur”, deb nomlanadi. Mazkur qissa hajm jihatdan ancha salmoqli bo‘lib, 11 sahifani tashkil etadi. Qissa Odam (a.s)ga bag‘ishlangan bo‘lsa-da, Sulaymon, Yusuf, Yunus (a.s)lar bilan bog‘liq kichik hikoyatlar ham berilgan.

Downloads

Published

2024-08-01