To‘ramurod to‘ra Sayyid Muhammadxon o‘g‘li hayot yo‘li va ijodiy merosi

Authors

  • Sohiba Madirimova

Keywords:

Murodiy, shoir, she’r, bayt, band, qo‘lyozma, tazkira, bayoz, g‘azal, muxammas, musaddas, qasida, ruboiy.

Abstract

Mazkur maqolada XIX asr oxiri XX asr boshlarida yashab ijod etgan zullisonayn shoir – To‘ramurod to‘ra Sayyid Muhammadxon o‘g‘li va uning lirik merosi manbalari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, Muhammad Yusuf Bayoniyning “Shajarayi Xorazmshohiy”, “Haft shuaro” hamda Hasanmurod Laffasiyning “Tazkirayi shuaro” asarlari asosida shoir hayoti va ijodiga doir ma’lumotlar yoritilib, ular matnshunoslik va adabiy manbashunoslik aspektida tadqiq qilingan. Manbalar qiyosiy o‘rganilib, mulohazalar ilmiy asosda ko‘rsatib berilgan.
Asosiy e’tibor shoir biografiyasi hamda uning O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti asosiy fondda saqlanayotgan 906/VII raqamli qo‘lyozma hamda №10374 raqamli toshbosma, ya’ni, “Haft shuaro”dan o‘rin olgan she’rlari haqida ma’lumot berishga qaratilgan. 1960-yildan keyin yozilgan bir qancha ilmiy tadqiqotlardagi Murodiy hayoti va ijodiga doir qaydlardan ham foydalanildi. Ular haqida umumlashma fikrlar bildirildi.

Downloads

Published

2024-08-01