Sharq mumtoz adabiyotida faxriya

Authors

  • Dilnavoz Yusupova
  • Umedullo Mahmudov

Keywords:

faxriya, Sharq adabiyoti, janr, badiiy san’at, al- Mutannabiy, Abulqosim Firdavsiy, Hofiz Sheroziy, Alisher Navoiy, lison ularab.

Abstract

Mazkur maqola Sharq mumtoz adabiyoti namoyandalari ijodida o‘ziga xos o‘rin egallagan faxriya adabiy hodisasi tadqiqiga bag‘ishlangan. Maqolada faxriyaning Sharq adabiyoti, xususan, mumtoz arab va fors adabiyotida tutgan o‘rni va ahamiyati xususida so‘z yuritiladi. Shuningdek, faxriyaning tadrijiy taraqqiyot bosqichlari xususida ma’lumotlar keltiriladi. Bundan tashqari, faxriyaning sharq adabiyotidagi tasnifi va unga oid bo‘lgan qarashlar ilmiy tahlilga tortilib, masala yuzasidan xulosalar taqdim etiladi. Maqolada faxriyaning Sharq adabiyotida tutgan o‘rni va ahamiyati xususidagi faktlar al-Mutannabiy, Abulqosim Firdavsiy, Hofiz Sheroziy hamda Alisher Navoiy ijodi misolida tahlilga tortiladi.

Downloads

Published

2024-08-01